Azamat Allaniyazov "Buxoro"da

Narzulla Saydullayev
11 yanv 2020
"Buxoro" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'tgan mavsum "Surxon" sharafini himoya qilgan qoraqalpog'istonlik hujumchi Azamat Allaniyazov shartnomasi yakunlangani bois termizliklar bilan xayrlashgani haqida xabar bergan edik.

Bugun Allaniyazov "Mashal" bilan nazorat uchrashuvida "Buxoro" klubi safida maydonga tushdi. 2017 yilning ikkinchi yarmini futbolchi buxoroliklar safida o'tkazgan edi.

Ma'lumot uchun, 2019 yilgi mavsumda Allaniyazov termizliklar safida 9ta o'yinda (barchasida zaxiradan) maydonga tushib 114 daqiqa harakat qilgan edi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia