Azamat Abdullaev "Neftchi" bilan Qirg'iziston Kubogi sohibiga aylandi

Aslanov Jasurbek
11 noya 2019
27 oktyabr kuni "Dordoy" hamda "Neftchi" klublari o'rtasida Qirg'iziston Kubogi final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsda "Neftchi" sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Azamat Abdullaev ham ishtirok etdi.

Final uchrashuvidagi yagona golga Omuraliev mualliflik qildi. 64-daqiqadagi gol "Neftchi"ga g'alaba olib keldi va jamoa mamlakat Kubogi sohibiga aylandi. Shunday qilib, Qirg'iziston Kubogi g'olibi OFK Kubogi saralash uchrashuvlarida ishtirok etadi.


Qirg'iziston Kubogi-2019. Final

Jalol-Obod shahri, "Kurmanbek" stadioni

"Dordoy" - "Neftchi" - 0:1

Gol: Omuraliev, 64.

Ogohlantirishlar: Axmedov.

"Dordoy" (Bishkek): Matyash, Yusupov, Akmatov, Sydykov (Sarikbaev), Axmedov, Tapaev (Sidorenko), Jyrgalbek ulu Kayrat, Musabekov, Uzdenov, Orazsaxedov, Murzaev.

"Neftchi" (Kochkor-Ata): Payush, Abdullaev, Askarbek ulu, Jumataev, Temirbaev, Omuraliev, Moldojunusov, Uson ulu, Malikov, Karipov, Ignatenko.

Hakamlar: Dmitriy Mashencev 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia