

Hal qiluvchi bahsda ayni paytda mamlakatning ikki eng kuchli klubi “Bunyodkor-W” va “Sevinch” jamoalari bahs yuritishdi.
Gollarga boy kechgan bahsning 7-daqiqasidayoq Umid Zoirova toshkentliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas “Sevinch”ning yosh goleadori Nilufar Qudratova muvozanatni tikladi-1:1. Shundan keyin darvozalarga yana uchta gol kiritildi va barcha gollar “qaldirg'ochlar” vakilalari tomonidan urildi. Natijada yirik 4:1 hisobidagi g'alabaga erishgan “Bunyodkor-W” ikkinchi bor O'zbekiston Superkubogiga sazovor bo'ldi.
AYOLLAR FUTBOLI
O'zbekiston Superkubogi
BUNYODKOR-W – SEVINCH - 4:1 (3:1)
29 iyun. Zomin. Zomin stadioni.
Bosh hakam: Rahimbek Karimov.
Qanot hakamlari: Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov.
Zaxiradagi hakam: Doston Rahmonov.
Nazoratchi: Marat Ismoilov.
Komissar: Nigora Abidova.
Bunyodkor-W: Olga Qahhorova (Zarina Saidova, 89), Zumradjon Nazarova (Nozimaxon Ergasheva, 67), Kamola Risqieva, Lyudmila Karachik, Mahliyo Sarikova, Saida Galimova, Marina Kosnikova, Umida Zoirova, Feruza Turdiboeva, Soliha Husniddinova, Luiza Sadirova.
Sevinch: Maftuna Jonimqulova (Angelina Polyushkevich, 44), Laylo Tilovova, Feruza Boboxo'jaeva, Laylo Shodieva, Gulzoda Amirova, Shoira Qulturaeva, Maftuna Panjieva, Diyora Erkinova (Fazilat Bahromova, 45; Shodiya Tosheva, 90), Malika Burxonova, Nilufar Qudratova.
Gollar: Umida Zoirova, 7 - 1:0. Nilufar Qudratova, 11 - 1:1. Lyudmila Karachik, 17 - 2:1. Lyudmila Karachik, 36 - 3:1. Mahliyo Sarikova, 85 - 4:1.
Ogohlantirishlar: Maftuna Panjieva, 69. Shodiya Tosheva, 90.




