"Ayntraxt" Gyotce bilan shartnomani uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
3 iyun 2023
Unga hali ham ishonishadi.

Frankfurt klubi rasmiy sayti xabariga ko'ra, Mario Gyotce 2026 yilning yoziga qadar "Ayntraxt" futbolchisi bo'lib qoladi. 30 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilishdi.

Eslatib o'tamiz, Mario Gyotcening Dortmundning "Borussiya"sida yetakchilik qilgan va "Bavariya"da o'tkazgan eng yaxshi yillari o'tmishda qolgan. Biroq 3 iyun kuni u Germaniya Kubogida g'alaba qozonishi mumkin, "Ayntraxt" finalda "Leyptsig"ga qarshi o'ynaydi.

Eslatib o'tamiz, Mario Gyotce Argentinaga qarshi finalda qo'shimcha vaqtda gol urib, Germaniya terma jamoasiga JCH-2014 chempionligini keltirgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: eintracht.de