“Ayaks” yosh yetakchisining narxini oshirdi

3 noya 2018, 09:50
Amstyerdam klubining 19 yoshli Matteys de Ligt narxi yana oshirildi.

Avvalroq “Ayaks” futbolchisining narxi 50 mln evro sifatida baholangandi. Endi esa Transfermarkt uning narxini 10 mln evroga ko'tarib, 60 mln evro qilib belgiladi.

Futbolchiga “Barselona”ning qiziqish bildirayotgani va uning uchun 50 mln evro to'lashi haqida avvalroq xabar berilgandi. Futbolchi ushbu mavsum “Ayaks” safida 18 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: Football Espana