"Ayaks" va Onana shartnomani 2025 yilga qadar uzaytirishga yaqin

Alisher
10 apr 2021, 11:35
"Ayaks" tez orada darvozabon Andre Onana bilan 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi bitim imzolaydi.

Amstyerdam klubi va 25 yoshli kamerunlik o'rtasidagi muzokaralar yakunlovchi bosqichga kelgan. Tomonlar tez orada bitim imzolanishiga aminlar.

Fevral oyida darvozabon antidoping qoidalarini buzgani uchun 1 yilga futboldan chetlatilgan edi.

Darvozabonning "Ayaks" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira