"Ayaks" to'purari "Borussiya D"ga o'tishga rozilik berdi

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2022
Endi gap klublarda qoldi.

Dortmundning "Borussiya" klubi "Ayaks" hujumchisi Sebastyan Alle uchun 33 million evro taklif qildi, deb xabar berdi "Bild". Niderlandiyaliklar yana 5 million talab qilishmoqda. Futbolchi Germaniya klubiga o'tishga rozilik bergan.

27 yoshli hujumchi o'tgan mavsumda barcha turnirlarda 42 ta o'yinda qatnashib, 34 ta gol urdi va 9 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Bild