"Ayaks" tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni qabul qilib oldi

Alisher
7 apr 2024
"Ayaks" tarixidagi eng yirik mag'lubiyatni "Feyenoord"dan qabul qilib oldi.

Jon Van 't Sxip jamoasi Eredivizi 29-tur doirasidagi "Feyenoord"ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi. Amsterdamliklar ushbu o'yinda darvoza tomon atigi bitta zarba yo'llashdi, raqib bo'lsa 30ta (15tasi darvoza tomon aniq).

"Ayaks" o'z tarixida ilk bor rasmiy o'yinlarda oltita to'p farqi bilan mag'lub bo'ldi.

Amsterdam klubi Niderlandiya chempionatida 6-o'rinda bormoqda.


"Feyenoord" – "Ayaks" 6:0

Gollar: 1:0 – 34 Igor Payshao, 2:0 – 35 Minte, 3:0 – 45+2 Gancko, 4:0 – 56 Minte, 5:0 – 62 Timber, 6:0 – 66 Igor Payshao.

"Feyenoord": Vellenroyter, Niukop (Lopes, 64), Gancko, Belen, Gertryuyda, Stengs (Lingr, 77), Timber, Viffer, Igor Payshao (Ivanushec, 84), Minte (Jaxanbaxsh, 76), Ximenes (Ueda, 77).

"Ayaks": Ruli, Goei (Akpom, 46), Rensx, Kaplan, Xato, Taylor, Mannsverk, Xlinsson (van den Bomen, 46), Taxirovich, Bergveyn (Reykxoff, 77), Godts (Vos, 64).

Ogohlantirish: Kaplan (69), Taxirovich (76).


NIDERLANDIYA CHEMPIONATI TURNIR JADVALI


AlisherMuallif
Manba: Opta Sports