“Ayaks” tarixda ilk bor italiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi. Uning bo'yi 201 sm

Eldor Akmurzayev
5 avg 2022
“Piza” a'zosi Lorenco Lukka faoliyatini “Ayaks”da davom ettiradi.

Luka klub tarixidagi ilk italiyalik futbolchiga aylandi. Transfer qanchaga amalga oshgani ochiqlanman. “Transfermarkt” 21 yoshli bo'ydor (201 sm) hujumchini 6 mln evroga baholamoqda.

Lorenco o'tgan mavsum B Seriya startidan o'rin olgan dastlabki 7 turda 6 ta gol urishga erishgandi. Ammo keyin uning o'yinida pasayish kuzatildi.

Eslatib o'tamiz, Niderlandiya chempionati yangi mavsumi bugun, 5 avgust kuni boshlanadi. “Ayaks” ilk turni ertaga safarda “Fortuna”ga qarshi o'tkazadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru