"Ayaks" mavsumdagi birinchi sovrinini qo'lga kiritdi

Eldor Akmurzayev
6 may 2019
Gollandiya Kubogining finalida Ayaks Villem II jamoasi bilan uchrashdi.

Mazkur bahsda amsterdamliklar yirik 4:0 hisobi bilan zafar quchib, mavsumdagi birinchi titul egasiga aylandi. Qayd etish joizki, Ayaks ushbu sovrinni 2010-yildan buyon ilk marta qo'lga kiritdi.

Villem II – Ayaks 0:4 (0:2, 0:2)

Feyenoord stadioni.

Gollar: 0:1 – 38 Blind, 0:2 – 39 Xuntelar, 0:3 – 67 Xuntelar, 0:4 – 76 Nissen Kristensen.

Villem II – Vellenroyter, Dankerlui (Vrusay, 62), Peters (Krouli, 62), Mayssner, Palasios, Pol Lonk, Tapiya, Lyuis, Xerkens, Isak, Pavlidis.

Ayaks – Onana, Blind, de Ligt, Talyafiko, Mazraui, Ziesh (Neres, 58), van de Bek, Tadich (Labyad, 73), de Yong (Shene, 79), Nissen Kristensen, Xuntelar.

Ogohlantirishlar: Pol Lonk (78).


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia