"Ayaks" avgust oyidan beri ilk bor g'alaba qozondi va xavfli zonani tark etdi

Aziz Tukhtamuradov
3 noya 2023
"Ayaks" 10 ta o'yindan iborat g'alabasiz seriyani yakunladi.

Amsterdamliklar Niderlandiya chempionatining qoldirilgan 3-tur o'yini doirasida "Volendam"ni mag'lubiyatga uchratishdi. Bu orqali jamoa ochkolari sonini 8 taga etkazib, xavfli zonani tark etdi. G'alabadan keyin jamoa 15-o'ringa ko'tarilib oldi.

Mamlakatning eng sovrindor jamoasi bungacha so'nggi marotaba 24 avgust kuni Yevropa ligasi doirasida "Ludogorec"ni mag'lub etgandi. Shundan so'ng jamoa 7 ta mag'lubiyat va 3 ta durang qayd etdi. 

Klub 23 oktyabr kuni murabbiy Moris Steynni iste'foga chiqargandi. Ayni paytda jamoani Jon van 't Sxip boshqarmoqda. 

"Ayaks" – "Volendam" 2:0 

Gollar: 1:0 – 57 Bergveyn, 2:0 – 89 Akpom.

Ayaks – Ramay, Goei, Shutalo, Xato, van den Bomen, Taylor (Vos, 80), Xlinsson (Godts, 85), Marta (Salax-Eddin, 65), Bergeys, Bergveyn, Brobbi (Akpom, 79).

Volendam – Bakxaus, Payn (Dauyri, 63), Benamar, Flint, Koks, Mirani, Tvigt (van Dril, 90), de Xan (Zefeyk, 63), Ul-Shik (Kuol, 79), Djonson, Myuren (But, 79).

Ogohlantirishlar: Tvigt (85).


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia