"Ayaks" "Atletiko"ning o'rinbosarlar jamoasidagi vingerga qiziqib qoldi

Alisher
5 mar 2020, 15:38
"Atletiko" yarim himoyachisi Rodrigo Rikelme faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin.

19 yoshli vinger "Ayaks" qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. O'yinchining o'zi ham klubini o'zgartirmoqchi, sababi u jamoadagi holatidan norozi.

Rikelme "Atletiko" o'rinbosarlari tarkibida o'ynaydi va kamdan-kam hollarda asosiy jamoaning qaydnomasidan o'rin oladi.

Vinger joriy mavsum La Ligada "Atletiko" libosida atigi 1ta o'yin o'tkazdi.


AlisherMuallif
Manba: Don Balon