"Atletiko"ga qarshi bahsdan oldin "Barselona"da jiddiy yo'qotish

Khoja
2 mar 2026, 08:23
"Barselona" matbuot xizmati hujumchi Robert Levandovskining jarohati haqida xabar berdi.

37 yoshli forvard "Vilyarreal"ga qarshi o'yinda (4:1) boshidan jarohat olib, chap ko'z atrofining yopiq sinishi aniqlangan. Endi u "Barselona"ning Ispaniya Kubogi yarim finalidagi "Atletiko"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.

Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 32 o'yinda 14 gol va 3 golli uzatish qayd etgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.com