"Atletiko" yoshlar o'rtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Alisher
8 iyul 2019
"Napoli" yarim himoyachisi Fabian Ruis faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

"Atletiko" futbolchini yana bir sotib olishga urinib ko'radi. Qayd etish kerakki, madridliklar o'tgan yili ham futbolchi uchun harakat qilib ko'rishgan.

23 yoshli futbolchi faoliyatini "Betis"da boshlagan va shu klub tarbiyalanuvchisi sanaladi. "Betis" uni 2017 yilda "Elche"ga ijara bergan.

2018 yilda esa "Napoli" futbolchini sotib olgan edi.

Yarim himoyachi yaqinda yakunlangan 21 yoshgacha bo'lgan Yevropa chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: AS