"Atletiko" yana "Real" futbolchisi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'rmoqchi

Aslanov Jasurbek
27 mar 2023
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos hali ham "Atletiko" qiziqishlari doirasida.

Yanvarda Daniga APL klublari qiziqqan edi, fevral boshida "Atletiko" Sebalosga taklif yuborgani e'lon qilidi. Futbolchining "Real" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

"Real" Sebalos bilan bitimni uzaytirishga shoshilmayapti, chunki bu ish bilan keyinroq shug'ullanmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Real"dagilar futbolchi bilan yangi bitim borasida bog'lanmagan.

"Atletiko" ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sebalosning qaroriga qiziqmoqda.

Dani Sebalos hali ham "Real"da qolishni maqsad qilgan.

Futbolchi joriy mavsum LaLiganing 19ta uchrashuvida ishtirok etib, 1ta golli pas berdi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca