"Atletiko" va "Liverpul" katta almashuvni amalga oshirishlari mumkin

Alisher
4 avg 2020, 16:40
"Qizillar"ga Parti, "matraschilar"ga Oksleyd-Chemberleyn kerak.

"Liverpul" va "Atletiko" xavbeklarning almashinuvini muhokama qilishmoqda. Inglizlarga Tomas Parti, ispanlarga esa Aleks Oksleyd-Chemberleyn kerak.

Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" o'z o'yinchisini 50 million evroga baholamoqda. Aynan shuncha mablag' Partining tovon pulida ham ko'rsatilgan.

Eslatib o'tamiz, ganalik futbolchiga shuningdek Londonning "Arsenal" klubi ham jiddiy qiziqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Sun