

Madridliklar rasmiy sayti jamoaning sobiq a'zosi Migel Jons 82 yoshida vafot etganini e'lon qildi.
Xabarlarga ko'ra, Jons oqqon kasalligi bo'lgan. Biroz muddat avval esa koronavirus yuqtirib olgan. Shundan so'ng uning ahvoli og'irlashgan.
Asli kelib chiqishi Ekvatorial Gvineyadan bo'lgan Jons “Atletiko” bilan birga 1966 yilda Ispaniya chempioni bo'lgan. 3 bora mamlakat kubogini (1960, 1961, 1965) qo'lga kiritgan. Shuningdek, 1962 yilda Kubok egalari kubogiga ega chiqqan.



