"Atletiko" sobiq hujumchisi "Al Qodisiya"ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
10 avg 2023, 14:25
Saudiya Arabistonining "Al Qodisiya" klubi "Al Hilol" hujumchisi Lusiano Vetto transferini e'lon qildi.

Shartnoma 2024 yilgacha tuzildi.

Argentinalik forvard 2020 yildan buyon Saudiya Arabistonida harakat qilmoqda. Avvalroq u "Sporting", "Atletiko", "Valensiya" va "Vilyarreal" kabi klublarda o'ynagan.

29 yoshli Vetto o'tgan mavsum 27 ta o'yinda 7 ta gol urgan hamda 2 ta golga assistentlik qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: qadsiah.com