"Atletiko" ruminiyalik Moldovan bilan shartnoma imzoladi

Sherzod Nurmatov
25 yanv 2024, 01:52
"Matraschilar" yangi futbolchiga ega bo'ldi.

Madridning "Atletiko" jamoasi o'zining rasmiy sayti orqali Buxarestning "Rapid" klubidan darvozabon Xoraciu Moldovan transfer qilinganini e'lon qildi. 

Tomonlar 3,5 yillik shartnoma imzolashdi. Klublar kelishuvning moliyaviy tafsilotlarini oshkor qilishmadi. Transfermarkt portali xabariga ko'ra, "matraschilar" futbolchi uchun 800 ming evro to'laydi.

26 yoshli ruminiyalik joriy mavsum barcha musobaqalarda 23 ta o'yinda qatnashib, 10 ta o'yinni "quruq" o'tkazdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com