"Atletiko" prezidenti: "Suares va Grizmann borasida bitimlar "Barselona"ning foydasiga xizmat qildi"

Alisher
16 okt 2021
"Atletiko" prezidenti Enrike Sereso Luis Suares va Antuan Grizmanning Madrid klubiga o'tishi haqida gapirdi.

"Suares - biz uchun ajoyib topilma. U ajoyib o'yinchi va insondir.

Biz "Barselona" bilan yaxshi munosabatlarni qo'llab-quvvatlaymiz. Suares va Grizmanning bitimlari klubimizga, o'yinchilarning o'ziga va "Barselona"ga foyda keltirganini aytishga tayyorman", - deydi Sereso.

Eslatib o'tamiz, "matraschilar" o'tgan yili Suaresni 7 mln evro evaziga xarid qilishdi. U jamoasi bilan birga ilk mavsumdayoq La Liga g'olibiga aylandi.

"Ko'k-anorranglilar" tomonidan 2019 yilda 120 mln evro evaziga xarid qilingan Antuan Grizmann esa yozda Madridga erkin agent maqomida o'tdi.


AlisherMuallif
Manba: AS