"Atletiko" prezidenti Mbappening "Real"ga o'tishini qo'llab-quvvatlaydi

Aslanov Jasurbek
11 sen 2021
Madridning "Atletiko" klubi prezidenti Enrike Sereso PSJ hujumchisini "qaymoqranglilar" safida ko'rishni xohlayotganini ochiqchasiga e'lon qildi.

"Men Kilian Mbappening "Real" futbolchisiga aylanishini xohlardim. Bunday transfer butun ispan futboli jozibadorligiga ijobiy ta’sir qiladi", - deydi "matraschilar" boshlig'i.

Eslatib o'tamiz, "Real" yozda 22 yoshli francuz futbolchisini sotib olishga yaqin edi. Ammo madridliklarning 180 million evrolik taklifini Liga 1 vice-chempionlari rad etdi.

Shunday bo'lsa-da, PSJ hujumchisi shartnoma muddati yakunlangach, kelasi yilning yozida "blankos"ga o'tishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport