"Atletiko" "Napoli" yetakchilaridan biriga qiziqmoqda

Alisher
2 apr 2021
"Napoli" xavbeki Fabian Ruis faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Matraschilar" rahbariyati yarim himoyachini yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'radi. 24 yoshli o'yinchining neapolliklar bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilga qadar mo'ljallangan.

Oldinroq ham "Atletiko" Ruisni xarid qilishga urinib ko'rgan, ammo Italiya klubi uni 45 million evro evaziga sotmagandi.

Fabian joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

[instagram]

 [/instagram]


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira