“Atletiko Madrid”ning ikki asosiy futbolchisi safga qaytdi

10 dek 2018, 08:58
“Matraschilar”ning ikki futbolchisi jarohatidan tuzaldi.

Diego Godin hamda Felipe Luis jarohatidan tuzalib safga qaytdi. Ikkala futbolchi ham jamoasining kechagi mashg'ulotlarida umumiy guruh bilan birga shug'ullangan. Endi ular YCHL 6-turida “Bryugge”ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli Godin joriy mavsum La Ligada 11 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi. 33 yoshli Luis esa 12 ta o'yinda qatnashib 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Manba: FourТwоТwо