"Atletiko" La Ligada ketma-ket 3ta o'yinda mag'lub bo'ldi. Bunaqasi 2011 yildan beri bo'lmagandi

Alisher
19 dek 2021, 11:24
"Atletiko" Ispaniya chempionati 18-tur doirasidagi "Sevilya" (1:2)ga qarshi o'yinda mag'lub bo'ldi.

Diego Simeone jamoasi La Ligada ketma-ket uchinchi o'yinda mag'lubiyatga uchradi. Oldinroq, madridliklar "Malorka" (1:2) va "Real" (0:2)ga imkoniyatni boy berishgan edi.

Bunday seriya "Atletiko"da 2011 yilning yanvar-fevralidan beri bo'lmagandi - o'shanda jamoa chempionatda ketma-ket to'rtta o'yinda mag'lub bo'lgandi.

"Atletiko" keyingi o'yinini 22 dekabr kuni "Granada"ga qarshi o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia