"Atletiko" hujumchisi London jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
9 avg 2018, 21:32
"Atletiko" hujumchisi Lusiano Vetto "Fulxem"ga ko'chib o'tishi mumkin.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, London jamoasi futbolchini bir yilga ijaraga olishga rozi bo'lgan. Futbolchi ayni damda yangi klubida tibbiy ko'rikdan o'tmoqda.

O'tgan mavsumda 23 yoshli futbolchi "Atletiko" tarkibida 10 uchrashuvda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports