"Atletiko" futbolchisi 9 oy ichida ilk bor yakka tartibdagi mashg'ulotlarni o'tkazdi

Alisher
13 noya 2019, 10:17
"Atletiko" himoyachisi Shime Vrsalko jiddiy jarohat sabab deyarli 9 oyni o'tkazib yubordi.

Bu haqda "Atletiko" matbuot xizmat xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, fevral oyida futbolchining chap tizzasida jarrohlik amaliyoti o'tkazilgan edi.

Shime asta-sekin umumiy guruhga qo'shilishi kutilmoqda.

Futbolchi Madrid klubiga 2016 yilda "Sassuolo"dan o'tgan va 2018-2019 yillar davomida "Inter"da ijara asosida o'ynagan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Atleti