"Atletiko" Dembelening ijarasini uzaytirmoqchi

Alisher
3 iyul 2021
"Lion" hujumchisi Mussa Dembele Madridning "Atletiko" klubida yana bir mavsum qolishi mumkin.

Klublar ijara shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib borishmoqda. Bundan tashqari, "Atletiko" bitimga futbolchini xarid qilish huquqini ham qo'shishni rejalashtirmoqda.

Dembele "Atletiko" tarkibida o'tgan mavsum atigi 7ta o'yinda maydonga tushdi va 140 daqiqa harakat qildi.

24 yoshli fransiyalik futbolchining transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato