"Atletik" Martinesni qaytarmoqchi, ammo "Bavariya" futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
23 iyun 2016
"Atletik" bosh murabbiyi Ernesto Valverde "Bavariya" himoyachisi Xavi Martines xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, nemis grandi rahbariyati va jamoa bo'lajak bosh murabbiyi Karlo Anchelotti futbolchi bilan xayrlashmoqchi emas. Shu sababli "Bavariya" Bask klubi bilan muzokara o'tkazmaydi.

Myunxen klubi 2012 yilda "Atletik"dan 40 mln. evro evaziga Martinesni xarid qilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal