"Atletik" darvozaboni Gorka Iraisos mavsum oxirida faoliyatini yakunlaydi

Tolibjon Qosimov
4 may 2017, 20:59
"Atletik" darvozaboni Gorka Iraisos mavsum oxirida professional faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

Bu haqda ispan klubi prezidenti Joze Urrutiya xabar berdi.

"Yangi mavsumda biz darvozada Iraisosni ko'rmaymiz. U menga faoliyatini yakunlamoqchiligini aytdi. Men esa unga klubda o'tkazgan 10 yil uchun rahmat aytdim", - dedi klub prezidenti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Marca