"Atalanta" va Ilichich o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qildi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022
Yarim himoyachi Yosip Ilichich endi "Atalanta"da o'ynamaydi.

Tomonlar 2023 yilning yoziga qadar hisoblangan shartnomani o'zaro kelishuvga asosan bekor qilishga kelishib oldilar.

Sloveniya terma jamoasi futbolchisi 2017/18 yilgi mavsumdan beri bergamoliklar safida to'p tepib kelayotgandi. Bu vaqt ichida u A Seriyada 136 ta o'yin o'tkazib, 47 ta gol urgan hamda 37 ta golga assistentlik qilgan.  

Ilichich Italiya chempionati ushbu mavsumida umuman "Atalanta" qaydnomasiga kiritilmadi. 2022 yilda u atigi 2 ta o'yin o'tkazdi – yanvar va may oyida.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atalanta.it