"Atalanta" Sapatani "Nyukasl"ga sotishga tayyor

Alisher
18 iyul 2022, 16:03
"Atalanta" hujumchi Duvan Sapatani "Nyukasl"ga sotishga tayyor.

Angliya klubi qishki transfer oynasida forvardni xarid qilishga urinib ko'rdi, ammo o'shanda transfer amalga oshmadi.

"Nyukasl" o'tgan hafta futbolchining o'tishi borasidagi muzokaralarni tikladi.

Sapataning shartnomasi ikki yildan so'ng yakuniga etadi. "Atalanta" futbolchidan qutulmoqchi va pul ishlamoqchi. "Atalanta" prezidenti Antonio Perkassi "Nyukasl" 25 mln evro to'lasa, Sapataning sotuvi uchun yashil chiroq beradi.

Futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 24ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 4ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: L’Eco di Bergamo