"Atalanta" rekord transferini amalga oshirdi. U Xoylundning o'rinbosarimi?

Mirjalol Normatov
30 iyul 2023
"Atalanta" o'z rasmiy saytida forvard El-Bilol Turening "Almeriya"dan sotib olinganini ma'lum qildi.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, "Atalanta" futbolchining transferi uchun 30 mln evro to'lagan. Bu esa klub tarixidagi rekord transfer hisoblanadi.

Ture o'tgan yili yozda 8 mln evro evaziga "Reyms"dan Ispaniya klubiga ko'chib o'tgandi. O'tgan mavsumda u jamoasi tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 7 gol va 2 assist qayd etdi.

Katta ehtimol bilan u "Manchester Yunayted"ga ko'chib o'tadigan Rasmus Xoylund uchun o'rinbosar sifatida olib kelindi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/GianlucaDiMarzio

O'xshash yangiliklar