"Aston Villa" yozda Bissumani xarid qilmoqchi. "Brayton" qishda yarim himoyachini 25 mln funtga sotishni rad etdi

Alisher
9 fev 2022
"Aston Villa" "Brayton" yarim himoyachisi Iva Bissumani xarid qilmoqchi.

Birmingem klubi 24 yoshli malilik futbolchi bilan 2021/22 yilgi mavsum so'nggida shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Aston Villa" qishki transfer oynasida yarim himoyachi uchun 25 mln funt taklif qildi, ammo rad javobini oldi.

Bissuma joriy mavsum "Brayton" tarkibida 16ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph