"Aston Villa" nima uchun logotipidan sher belgisini olib tashladi?

Sherzod Nurmatov
3 mar 2022
"Aston Villa" klubning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalaridagi logotipdan sher ramzi olib tashlangani hammaning e'tiborini tortdi.

"3 mart kuni butunjahon yovvoyi tabiat kunini hurmat qilgan holda, klubimiz ijtimoiy tarmoqlaridagi logotipidan sher ramzini bir necha kunga olib qo'yishga qaror qildi. Nafaqat biz, balki butun jahon bo'ylab turli sport klublari bu ishlari bilan yovvoyi hayvonot olamini saqlashga chorlamoqda", – deyiladi klub ramiy veb-saytida.

"Aston Villa" klubidan tashqari Angliyada "Brentfort" klubi hamda dunyoning boshqa jamolari ham ushbu harakatlarni qo'llab-quvvatlashmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk