"Aston Villa" Koutino maoshining ma'lum qismini to'lab bermoqchi

Aziz Tukhtamuradov
7 yanv 2022
"Aston Villa" Filippe Koutinoning ijarasi bo'yicha "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazmoqda.

Inglizlar futbolchini sotib olish mumkin bo'lgan summaning kamaytirilishini istashmoqda. Agar shunday bo'lsa, "Aston Villa" braziliyalik futbolchiga maosh sifatida ko'proq pul to'lashlari mumkin bo'ladi. 

Umuman olganda, "Villa" Koutinoning maoshini 50-70 foizini to'lamoqchi.

Avvalroq, inglizlar shartnomada Koutinoni sotib olish majburiyati bo'lishini istamasliklari haqida ma'lum qilingandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/gerardromero