"Aston Villa" Kezani sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
24 iyun 2023
"Birmingham Mail" xabariga ko'ra, "Aston Villa" yozda "Yuventus" vingeri Federiko Keza bilan shartnoma imzolash niyatida.

Manbaga ko'ra, klub italiyalik o'yinchini "Villa Park"ga o'tishga ko'ndirishi kerak bo'ladi. Unai Emeri jamoasi kelishuvga jiddiy yondashmoqda.

Oldinroq "Liverpul" Keza uchun 40 mln evro taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

25 yoshli futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. O'tgan mavsumda u 33 o'yinda 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 40 mln evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Birmingham Mail