"Aston Villa" 28 million funtga "Brentford" to'purarinini sotib oldi, bu klub rekordi

Sherzod Nurmatov
9 sen 2020
"Brentford" forvardi Olli Uotkins "Aston Villa"ga o'tdi.

Birmingem klubi 24 yoshli inglizning transferi uchun rekord darajadagi summa – 28 million funt sarfladi. Shuningdek, yana 5 million bonus sifatida to'lanishi aytilmoqda.

Uotkins o'tgan mavsumda "Brentford"ning eng yaxshi to'purari bo'lgan va Chempionship to'purarligi poygasida "Fulxem" futbolchisi Aleksandar Mitrovichga yutqazgan.

Pley-offni ham hisobga olsak, Uotkins 49 o'yinda 26 gol urgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk

O'xshash yangiliklar