“Astana” va “Aktobe” klublarining sobiq futbolchisi “Shapekoense” bilan muzokara olib boryapti

Aslanov Jasurbek
19 dek 2016
Kiprning APOEL klubi yarim himoyachisi Renan Bressan Braziliyaning “Shapekoense” jamoasi rahbariyati bilan muzokara olib boryapti.

Bir necha kun avvad aviahalokatga uchragan ushbu klubda ayni paytda futbolchilar tanqisligi kuzatilyapti. Bressan esa “Shapekoense”ga yordam bermoqchi.

E'tiborlisi, Renan Kipr klubi bilan shartnoma imzolashdan avval ham “Shapekoense”ga o'tish istagida bo'lgan.


Ma'lumot uchun, belaruslik 28 yoshli futbolchi APOEL safiga o'tgan yilning yozida Portugaliyaning “Riu Ave” jamoasidan kelib qo'shilgandi.

Bressan faoliyati mobaynida “Atletiko Sidade”, “Gomel”, BATE, “Alaniya”, “Aktobe” va “Astana” klublari sharafini himoya qilgan.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru

O'xshash yangiliklar