Asrorbek Tilavoldiev: "O'zbek futbolidagi kumirim - Akmal Xolmatov"

Narzulla Saydullayev
25 sen 2018
“Neftchi”(yoshlar jamoasi) - “Iftixor” (1:1) jamoalari o'rtasidagi nazorat uchrashuvidan so'ng mehmonlar futbolchisi Asrorbek Tilavoldiev “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugun yaxshi uchrashuv o'tkazdik. “Neftchi” yoshlar jamoasi yaxshi shakllangan ekan, bugun maydonda Superliga uchrashuvlarida maydonga tushgan futbolchilar ham harakat qilishdi. Raqiblarimiz maydonda bir-birlarini yaxshi tushunib harakat qilishdi, to'p nazorati ko'proq ularda bo'ldi. “Iftixor” jamoasi endi shakllanmoqda, o'yindan o'yinga o'sib borayapmiz. Mana shunday o'yinlar biz kabi yosh futbolchilarga katta tajriba maktabi bo'ladi.

O'zbek futbolida Odil Ahmedov, Vitaliy Denisovlarni o'yinlariga qiziqaman. Futboldagi asosiy kumirim-hozirgi kunda jamoamiz a'zosi, tajribali futbolchi Akmal Xolmatov, bunday futbolchilar bilan bir jamoada harakat qilish har qanday futbolchiga qo'shimcha ishtiyoq beradi.    

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia