Asror Aliqulov: "Neftchi" ruhiy tomondan ancha ustunlikka ega edi"

Narzulla Saydullayev
22 sen 2019
A Pro-liga 21-tur "Mashal" - "Neftchi" 0-0 uchrashuvidan keyin "Mashal" jamoasi ustozi Asror Aliqulov o'z fikrlari bildirdi.

O'yin og'ir kechishini kutgan edik. “Neftchi” oxirgi bir nechta uchrashuvlarda g'alaba qozonib ruhiy tomondan ancha ustunlikka ega edi. Shu sababli biz ularni bugun qarshi xujumda o'ynashlarini bilar edik. “Neftchi” davralar olarig'ida ancha o'sishga erishdi va bugun shuni isbotladi. Biz ko'proq to'pni o'zimizda ushlab turib ularni qarshi xujumga o'tishga yo'l bermoqchi emas edik. Uchrashuv davomida anchagina imkoniyatlar yaratdik ammo uni ko'ngildagiday yakunlay olmadik. Bunday bahslar taqdirini bitta gol hal etadi. Natijadan hamda shogirdlarimdan mamnunman. O'ylaymizki keyingi uchrashuvlarda albatta g'alaba qozonib muhlislar ishonchini oqlaymiz.

Bunyod Andaev yozib oldi



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia