Aspilikueta: "Chelsi" oltinchi o'rinda ekanligiga ko'nika olmayapman"

Aslanov Jasurbek
19 mar 2019
"Chelsi" sardori Sesar Aspilikueta jamoaning joriy mavsumdagi o'yini haqida fikr bildirdi.

"Everton"ga qarshi bahsda ochkosiz qoldik. Har safar 3 ochko ololmasak, o'zimizni yanada qiyin vaziyatga tushirib qo'yamiz. Ha, hali ko'p o'yinlarni o'tkazishimiz lozim va kurashish niyatidamiz, chunki Chempionlar ligasidan chetda qolishni istamaymiz.

Yevropa ligasini Chempionlar ligasiga chiqishning yagona yo'li deb hisoblamayman. "Chelsi" 6-o'ringa loyiq emas, bunga ko'nika olmayapman. Yevropa ligasida oxirigacha kurashamiz, ammo hali chempionatda kuchli to'rtlikka kirishimiz mumkin.

Agar so'nggi ikkita uchrashuvda g'alaba qozonganimizda terma jamoalar tanaffusidan oldin uchinchi o'rinda bo'lardik" - deydi Aspilikueta.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal