Asliddin Abdiev: "Yangier" A PRO-Ligaga chiqmoqchi"

Narzulla Saydullayev
10 iyul 2019
V PRO-Liga ishtirokchisi "Yangier" jamoasi futbolchisi Asliddin Abdiev saytimizga intervyu berdi.

Futbolda dastlabki bilimni "Mashal" futbol klubi akademiyasida olganman. Keyinchalik Bahrom Davlatov taklifiga ko'ra, "Yangier" jamoasi safiga qo'shildim. Jamoamiz a'zolari bilan birgalikda har bir uchrashuvda g'alaba uchun maydonga tushmoqdamiz.

"Yangier" jamoasining maqsadi mavsum yakunida A PRO-Liga yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat.

Nasib qilsa o'z ustimda astoydil ishlab, "Yangier" jamoasining g'alabalariga o'z hissamni qo'shishni, keyingi mavsumda Superliga jamoalarida o'ynashni maqsad qilganman - deydi Asliddin Abdiev.

Bekzod Tolibov yozib oldi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia