

Chililik futbolchi maydondan tashqarida juda ko'p "qovun tushirgan". Vidalning bu safargi tartib buzarligi Myunxen klubining Qatardagi yig'inida sodir bo'lgan. Ma'lumotlarga ko'ra, u bir necha bor jamoa tasarrufini tark etib, mast holda qaytgan. Natijada jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvaridola va futbolchi o'rtasida jiddiy suhbat bo'lgan.
Vidal joriy mavsum oldidan "Bavariya" safini to'ldirgan edi. Hozirgacha u Bundesliganing 19 uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va shuncha golli pas berdi.



