Artur Gevorkyan Turkmaniston terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi

Aziz Tukhtamuradov
8 noya 2016
Xabaringiz bor, FIFA kunlari sabab ayni paytda milliy chempionatlarda qisqa tanaffus yuzaga keldi.

Endilikda yaqin bir hafta davomida futbol jamoatchiligi e'tibori terma jamoalar ishtirokidagi uchrashuvlarga qaratiladi.

Ertaga ikki qo'shnimiz – Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o'zaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi. Mazkur uchrashuvga Turkmaniston terma jamoasi ustozi Amangilich Kochumov jami 4 nafar legioner taklif etdi. Ularning 3 nafari O'zbekiston oliy ligasidan chaqirilgani diqqatga sazovordir. Shu jumladan, “Lokomotiv” jamoasi yetakchilaridan biri Artur Gevorkyan ham ushbu o'yinga taklif etildi va mahoratli yarim himoyachi Dushanbe shahriga yo'l oldi.

Takidlash joiz, Tojikiston hamda Turkmaniston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi ertaga Dushanbe shahridagi “Respublika Markaziy stadioni”da bo'lib o'tadi. O'yinning boshlanish vaqti 17:00.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: lokomotiv.uz