Artur Gevorkyan Turkmaniston terma jamoasi ixtiyoriga jo'nab ketdi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2016, 21:01
Xabaringiz bor, ayni kunlarda butun dunyoda FIFA kunlari sabab milliy terma jamoalar o'z o'yinlarini o'tkazishmoqda.

Ertaga Bishkekda Qirg'iziston hamda Turkmaniston terma jamoalari xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro bahs yuritishadi. Turkmaniston  terma jamoasi bosh murabbiyi Amangilich Kochumov mazkur uchrashuvga “Lokomotiv” yarim himoyachisi Artur Gevorkyanni ham taklif etdi. Shu sababli mahoratli futbolchi bugundan o'z terma jamoasi ixtiyoriga yetib bordi.

Takidlash joiz, Qirg'iziston – Turkmaniston bahsi ertaga mahalliy vaqt bilan soat 20:30da Bishkekdagi Dolen Omurzoqov nomidagi stadionda bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz