

"Ha, "Qizilqum" bilan shartnoma tuzdim. Endi bor e'tiborimni shu klubga qarataman. "Qizilqum" klubi menga birinchi marta taklif bilan chiqqani yo'q. Oldinlari ham bu jamoadan jiddiy qiziqish borligini bilardim. Nihoyat bu safar o'zaro hamkorlik qiladigan bo'ldik. Jamoaning g'alabalariga xissa qo'shishga harakat qilaman", - deydi Gevorkyan "Futbol Ekspress" gazetasiga.




