Arshavin: “Ronaldu – JCH-2022 finalining asosiy tomoshabini bo'ladi. U Messining g'olib bo'lmasligini so'rab iltijo qilib, tirnoqlarini tishlaydi”

Eldor Akmurzayev
15 dek 2022, 09:15
Rossiya TJ sobiq a'zosi Andrey Arshavin Argentina va Fransiya o'rtasidagi mundial finalini Krishtianu Ronaldu albatta kuzatishini aytdi.

“JCH-2022 finalining asosiy tomoshabini kim bo'lishini bilasizmi? Krishtianu Ronaldu. U ko'p asabiylashadi, tirnoqlarini tishlaydi, balki, Messi g'olib bo'lmasligini uchun tumba-yumba (hindularcha o'yinlar) bo'lib olar”, deya fikr bildirgan Arshavin.

Eslatib o'tamiz, Qatardagi mundialning hal qiluvchi uchrashuvi 18 dekabr kuni 20:00 da “Lusayl” stadioni boshlanadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: МАТЧ ТВ