"Arsenal"ning sobiq futbolchisi "Atalanta"ga o'tadi

Mirjalol Normatov
2 iyul 2023
Himoyachi Sead Kolashinac erkin agent sifatida "Atalanta"ga o'tishga yaqin turibdi

30 yoshli bosniyalik futbolchi A Seriya klubi bilan 3 yillik shartnoma borasida kelishib oldi. Yaqin kunlarda u yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

"Arsenal" va "Shalke" kabi klublarda o'ynagan futbolchi so'nggi ikki mavsumini "Marsel"da o'tkazdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira