“Arsenal” va “Sanderlend” Demersi Mbokaniga qiziqishmoqda

Narzulla Saydullayev
2 okt 2013
Yaqinda o'yin amaliyoti etishmasligi sababli o'z klubini tark etish niyati borligini bildirgan Kievning “Dinamo” klubi hujumchisi Demersi Mbokani, Angliya klublari qiziqish doirasiga kirib qoldi, deb xabar beradi "The Mirror".

Bu futbolchiga “Arsenal” va “Sanderlend” klublari qiziqishmoqda. Avval Mbokani maydonga kam tushishiga qaramay Kievdagi barcha sharoitdan qoniqayotganligini aytgan edi. Ushbu mavsum futbolchi Ukraina chempionatida 11 ta o'yinga maydonga tushib, 5 ta gol urishga erishgan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net