"Arsenal" va "Manchester Siti" "Vest Bromvich" sardoriga davogar

Aslanov Jasurbek
1 dek 2017, 16:10
"Vest Bromvich" himoyachisi Jonni Evans "Arsenal" va "Manchester Siti" qiziqishlari doirasida.

"Manchester Siti" yozda "Vest Bromvich" sardorini xarid qilishga uringan edi, ammo klub 29 yoshli futbolchi uchun 30 mln. funt so'ragan. Ma'lumotlarga ko'ra, "Arsenal" himoyachi uchun 25 mln. funt taklif qilgan, biroq "to'pchilar"ga rad javobi berildi.

"Arsenal" himoyachisi Per Mertezake yozda faoliyatini yakunlaydi, Arsen Venger esa uning o'rniga Evansni olib kelmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph